• +998909586600
  • 3-kvartal, Chilonzor, Toshkent,Uzbekiston.
  • Ish vaqti
  • Dush - Shan : 8:00 dan 19:00 gacha

Limon

Limonlimu (Citrus limon) — rutadoshlar (sitruslar turkumi)ga kiradigan doim yashil koʻp yillik daraxtlar turi, mevali ekin. Vatani — Jan. va Jan.-Sharqiy Osiyo. Yovvoyi holda oʻsishi aniqlanmagan. Oʻrta Dengiz, AQSH, Meksika, Argentina va boshqa mamlakatlar subtropiklarida, Kavkazning Qora dengiz boʻylarida, Oʻrta Osiyoda (transheyalarda) ekiladi. Shuningdek, uy sharoitlarida oʻstiriladi. Daraxti balandligi 3–7 m, shoxshabbasi yoyiq. Novdalari tikanli, baʼzilari tikansiz. Bar-gi qalin, och yashil, choʻziq-tuxumsimon. Gullari ikki jinsli, oq, xushboʻy. Mevasi tuxumsimon, baʼzan dumaloq. oʻrtacha ogʻirligi 120—400 g ga boradi. Poʻsti sariq, silliq yoki gʻadir-budur, taxir. Eti 8—12 pallali, och sariq, sersuv, nordon. Sharbati tarkibida 3,5—8,1% kislota (asosan, limon kislota), 1,9—3,0% kand, vitamin S (100 g ida 45–140 mg), RR va V hamda pektin moddalar, temir, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy tuzlari bor. Asosan, hoʻlligicha yeyiladi, konditer mahsulotlari tayyorlashda, sharbat, limonad, limon kislota olishda ishlatiladi.